Zelenskiy “Bayraktar” ishlab chiqaruvchisini mukofotladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaning “Bayraktar” dronlari ishlab chiqaruvchi “Baykar” kompaniyasi bosh direktori Haluk Bayroqdorni I darajali “Xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi.

Kiyevda mukofotni topshirar ekan, Zelenskiy Bayroqdorga “Ukraina Qurolli Kuchlari qudratini oshirishdagi qo‘llab-quvvatlashi va shaxsiy hissasi uchun” minnatdorlik bildirdi.

“Ukrainada hamma “Bayraktar” nima ekanligini biladi, sizning kompaniyangizni biladi. Siz va Preziyednt Erdo‘g‘anning qo‘llovi, Turkiya fuqarolarining Rossiyaga tajovuziga qarshi ko‘magi uchun minnatdorman”, degan Ukraina Prezidenti.

Davlat rahbari shaxsiy uchrashuvda, xususan, Ukrainada “Bayraktar” dronlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi va ular uchun mahalliy ishlab chiqarilgan butlovchi qismlardan foydalanish tafsilotlarini muhokama qilgan.

Ma’lumot uchun, “Bayraktar” ishlab chiqaruvchisi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qudasi sanaladi. Uchoqlarning asl muallifi uning kuyovi Selchuk Bayroqdor. 

Bayraktar droni

“Bayraktar TB2” – Turkiyaning Baykar Makina kompaniyasining uzoq parvoz qila oladigan hujumkor razvedkachi dron. Uning maksimal tezligi 222 km/soat, qanotlari kengligi 12 m, qurilma havoda 24 soatgacha turishi mumkin, dronning amaliy shifti esa 8,2 ming m.

Dron uchish masofasi 0,5 dan 8 kmgacha bo‘lgan ikkita lazerli boshqariladigan UMTAS tankga qarshi raketalari yoki Turkiyaning Roketsan kompaniyasining to‘rtta Bozok, MAM-C yoki MAM-L boshqariladigan aniq bombalari bilan qurollantiriladi.

Bunday turdagi dronlardan Qorabog‘, Suriya va Liviyadagi jangovar harakatlarda foydalanilgan. Ayni paytda “Bayraktar TB2” dronlari Ozarbayjon, Qatar, Liviya, Marokash, Polsha, Jibuti, Ukraina armiyalari hamda Qirg‘iziston Chegara xizmatida mavjud.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qurilmalar allaqachon 22 davlatga, jumladan Marokash, Niger va Efiopiyaga sotilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing