Zelenskiy Albaniyaga bordi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 28 fevralga o‘tar kechasi Albaniya poytaxti Tiranaga yetib bordi. Bu haqda Albaniya Tashqi ishlar vaziri Igli Hasani X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Vazir Ukraina rahbari bilan uchrashuv suratini e’lon qildi.

"Ukraina bilan ikki tomonlama aloqalarni va uning qahramonona kurashida birdamlikni mustahkamlash uchun burilish nuqtasi", deb yozgan Hasani.

Albaniya Bosh vaziri Edi Rama esa Zelenskiy ham ikki tomonlama tashrif, ham Ukraina-Janubi-sharqiy Yevropa sammitida ishtirok etish uchun mamlakatga kelganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 fevral kuni Vladimir Zelenskiy Saudiya Arabistoniga borgan va u yerda mamlakat Bosh vaziri va valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Albaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made