Zelenskiy 198 kishiga sanksiya kiritdi
Olam
−
16 yanvar 2023
6148Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 198 kishiga, jumladan, rejissyor Andrey Konchalovskiy, teleboshlovchi Anjelina Vovk, jamoat arbobi, (tan olinmagan) Lugansk xalq respublikasining Rossiyadagi sobiq elchisi Rodion Miroshnik, shuningdek, bir qator rossiyalik harbiy muxbirlar va jurnalistlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash haqidagi qarorini amalga oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
“Ukraina Konstitutsiyasining 107-moddasiga muvofiq qaror qilaman: Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 2023 yil 15 yanvardagi “Shaxsiy maxsus iqtisodiy va boshqa cheklovchi choralarni qo‘llash va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori kuchga kirsin”, deyiladi Prezident farmoni matnida.
Ukrainada Hujjat e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kirdi.
Ilovaga ko‘ra, jami 198 kishiga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilgan. Ular orasida harbiy ofitserlar Semyon Pegov va Yuriy Kotenok, teleboshlovchilar Dmitriy Guberniyev, Ruslan Ostashko, Yevgeniy Rojkov, Boris Korchevnikov va Yekaterina Berezovskaya, jurnalistlar Pavel Zarubin, Marina Axmedova, Andrey Starikov, Anastasiya Popova, Vladimirna Kobyakov, Maryana Naumova, Anton Stepanenko, Vadim Takmenev, Vladimir Kornilov, shuningdek bloger Dmitriy Puchkov, publitsist Nikolay Starikov, Moskva davlat universiteti televideniye oliy maktabi dekani Vitaliy Tretyakov, prodyuser Yana Rudkovskaya, aktyorlar Yegor Beroyev va Evelina Bledans, qo‘shiqchi Yuriy Loza va Moskva viloyatining sobiq gubernatori Boris Gromov bor.
Yangi ro‘yxatga Rossiya fuqarolari, shuningdek, ukrainaliklar – jurnalist va teleboshlovchi Diana Panchenko, siyosatshunos Vasil Vakarov, yozuvchi Vladimir Sergiyenko, shuningdek, belaruslik jurnalist Grigoriy Azarenok va Belarusning STV telekanali bosh direktori Aleksandr Osenko kiradi.
Sanksiyalar 10 yil muddatga qo‘llaniladi va boshqa narsalar qatorida hisoblarni bloklash, iqtisodiy va moliyaviy majburiyatlarni to‘xtatib turish, madaniy almashinuv va hamkorlikni to‘xtatish, Ukrainaga kirishni taqiqlash, Ukraina davlat mukofotlaridan mahrum qilish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Avvalroq, 7 yanvar kuni Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qarorini imzolagan edi. Hujjat bilan 117 kishiga, rossiyalik madaniyat arboblariga, jumladan, rejissyor Nikita Mixalkov va qo‘shiqchi Filipp Kirkorovga qarshi sanksiyalar qo‘llanilgan.
LiveBarchasi