Zelenskiy harbiy holatni uzaytirmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi harbiy holatni 90 kunga, 23 avgustga qadar uzaytirishni taklif qildi. Bu haqda kecha, 18 may kuni Oliy Rada saytida chop etilgan Prezident farmonini parlament tomonidan tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasida keltirilgan.

“Ukrainadagi harbiy holat muddati 2022 yil 25 may soat 05:30 dan 90 kunga uzaytirilsin”, deyiladi hujjatda.

Shu tariqa, harbiy holat rejimini 23 avgustgacha, deyarli mamlakat Mustaqillik kuniga (24 avgust) qadar uzaytirish taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada 24 fevralda joriy etilgan harbiy holat ikki marta 30 kunlik muddatga uzaytirilgan edi.

Ma’lumot uchun, 24 fevral kuni butun Ukrainada harbiy holat joriy etildi. U allaqachon ikki marta (oxirgi marta 25 maygacha) uzaytirilgan. Zelenskiy umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni 25 fevral kuni imzolagan. Hujjatga muvofiq, safarbarlik 90 kun ichida amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

204

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing