“O‘zbekneftegaz”ga yangi rais tayinlandi
Jamiyat
−
14 fevral 2019 9154 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga yangi rais tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Hukumat qarori bilan Bahodirjon Bahromovich Siddiqov “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati raisi etib tayinlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Sidiqov shu kungacha Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimda faoliyat yuritgan.
Live
Barchasi