O‘zbekistonliklar o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 2,5 yilga “kesildi”
Olam
−
26 fevral 2019
7967Rossiyaning Saratov viloyatida poyezd bilan to‘qnashgan avtobus haydovchisi 2,5 yil koloniyaga hukm qilindi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Sud erkakni Rossiya Federatsiyasining 264-moddasi (Yo‘l harakati qoidasini buzish va ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan nosoz avtotransport vositasidan foydalanish) bilan aybdor deb topdi va ikki yil olti oyga ozodlikdan mahrum qildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, halokat 2018 yilning 17 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da yuz bergandi. Tartibga solinmagan temir yo‘l o‘tish joyida Saratov-Ulyanovsk yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobus va yuk poyezdi to‘qnashgan. Avtobusdagilarning besh nafari halok bo‘lgan, ikki nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Rossiya migratsiya xizmati halok bo‘lgan besh kishi O‘zbekiston, jarohatlanganlar Qozog‘iston fuqarosi ekanini ma’lum qilgan.
Mazkur YTHda aybdor hisoblangan avtobus haydovchisi ustidan sud ishi joriy yilning yanvar oyida boshlangandi.
LiveBarchasi