O‘zbekistonda maktablar uchun alternativ darsliklar yaratiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun alternativ (muqobil) darsliklarni yaratish va ulardan maktablarda foydalanish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi

Mazkur qaror qabul qilinsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun raqobatbardosh, alternativ (muqobil) darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi kutilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun yaratiladigan alternativ (muqobil) darsliklarni tayanch (pilot) maktablarda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinovdan o‘tkazadi hamda olingan xulosalar asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish choralarini ko‘radi. Ularni nashrga tayyorlash hamda chop etish ishlarini tegishli tashkilotlar bilan muvofiqlashtirib boradi. 

Belgilab qo‘yilmoqdaki: 

•    tayanch umumta’lim maktablariga alternativ (muqobil) darsliklarni tajriba-sinovdan o‘tkazish uchun nashr etish va yetkazib berish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan;

•    alternativ (muqobil) darsliklarni nashr etish hamda joylarga yetkazib berish xarajatlari belgilangan tartibda ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablag‘lari doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.A.Abduhakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sh.X.Shermatov zimmasiga yuklanadi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori al'ternativ darsliklar

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing