O‘zbekistonda maxsus formalilar safi kengaydi
Jamiyat
−
15 fevral 2019
649615 fevraldan boshlab Davlat xizmatlari markazi xodimlari tashrif buyuruvchilarni maxsus uniformada kutib olishadi, deya xabar berdi O‘zA.
Uniformani ishlab chiqishda mutaxassislar har bir xodimning individual imidji — tashkilot haqida umumiy baho beruvchi yagona korporativ elementi ekanligini asos qilib oldilar.
Yangi forma xodimlarning qat’iyati va ishchanligiga urg‘u berib, qulay va ixcham. Uniforma komplektlari o‘z ichiga maxsus kashtaga ega pidjak va nimcha, shuningdek, erkaklarda to‘plam bilan bitta rangdagi galstuk va shim, ayollarda uchburchak bo‘yin ro‘moli va yubkalarni qamrab oladi.
Tashrif buyuruvchi markazga kelganda, birinchi bo‘lib e’tibori — bu xodimlarning tashqi ko‘rinishi, ularning muomala madaniyatiga e’tibor qaratishadi. Shu bois, bugungi kunda davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan har bir shaxs o‘zini qulay, ularning fikr-mulohazalarini hisobga olinayotganligini his etishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.