1 iyundan davlat xizmatlari markazlarida yangi tartib joriy etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2019 yil 1 iyundan boshlab davlat xizmatlari markazlarida quyidagicha tartib belgilanmoqda. Unga ko‘ra:
 
jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’i nazar, davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil bo‘yicha olishga haqli;

davlat xizmatlarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar Markazlar orqali yoki bevosita xizmat ko‘rsatuvchi organlarga murojaat etganda to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi;

Yagona portal orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun davlat bojlari va yig‘imlarning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan qismi 20 foizdan 10 foizga kamaytiriladi va bo‘shaydigan mablag‘lar qolgan oluvchilar orasida mutanosib ravishda taqsimlanadi;

davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va tashkilotlar davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zlarining ma’lumotlar bazalariga va axborot tizimlariga elektron ko‘rinishda elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish uchun kiritib boradilar.
 


Maqola muallifi

Teglar

Davlat xizmatlari markazi

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made