FHDYOning arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Jamiyat
−
18 fevral 2019
4129O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga muvofiq, ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi hamda markaz xodimi tomonidan elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi.
So‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
• pasport nusxasi;
• ishonchnoma asosida harakat qilayotganda uning nusxasi;
• marhumga qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat;
• ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda – vasiyatnoma va marhumning o‘limi haqida guvohnoma nusxalari.
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi (10 136 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Markaz xodimi so‘rovnomani to‘ldirganidan so‘ng 10 daqiqada tegishli FHDYO organiga yuboradi.
FHDYO organi so‘rovnoma tushganidan 1 ish soati mobaynida QR-kod qo‘yilgan ma’lumotnomani Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma kelib tushganidan so‘ng 10 daqiqada uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va xabardor qiladi.
LiveBarchasi