O‘zbekistonda 8 kishi tuzlamadan zaharlandi
Jamiyat
−
10 fevral 2019
9788Jizzaxda 8 kishi iste’molga yaroqsiz tuzlamalardan zaharlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi miq etmasada, Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Voqea joriy yilning 8 fevral kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan. Shu tumanda yashovchi M.P. (ismli ayol) o‘z uyida oila a’zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan pomidor mahsulotini (marinovannыye) iste’mol qilgan va natijada 8 nafar kishi zaharlangan. Ularning 5 nafariga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Uch nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ushbu xabar so‘ngida IIV fuqarolarni uy sharoitida tayyorlangan tuzlama mahsulotlarini iste’mol qilishda hamisha hushyor bo‘lishga, avvalo uning iste’molga yaroqlilik holatiga alohida e’tibor qaratishga chaqirgan.