O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri lavozimi joriy etildi
Jamiyat
−
14 fevral 2019
5416O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi lavozim ta’sis etildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida so‘z borgan.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlarini kiritildi.
Qolaversa, ruhiy holati buzilgan shaxslar ularga psixiatriya yordami ko‘rsatilishi vaqtida davlat tizimi doirasida bepul yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yildi.
LiveBarchasi