“O‘zbekiston” mehmonxonasiga talabgor chiqdi
Jamiyat
−
15 fevral 2019
15254Avvalroq, Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi kompleksi savdoga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Tanlov predmetining boshlang‘ich bahosi 33 million AQSH dollari etib belgilangan.
Poytaxtdagi mazkur yirik mehmonxona kompleksiga xaridor chiqdi. Quvaytning Alshaya Group kompaniyasi O‘zbekistonda mehmonxona biznesini yuritish istagini bildirdi. Kompaniya sotuvga qo‘yilgan “O‘zbekiston” mehmonxonasidagi davlat ulushini sotib olmoqchi.
Kecha, 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Alshaya Group kompaniyasi ijrochi direktori Muhammad al-Shay boshliq delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Arab kompaniyasi vakillariga “Chorvoq” erkin turistik zonasida va “Qadimiy Buxoro” turistik zonasida barpo etilayotgan tog‘-chang‘i kurorti va kanat yo‘li loyihalari namoyish etilgan va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilingan.
LiveBarchasi