O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida o‘g‘rilar hibsga olindi
Olam
−
18 fevral 2019
8861Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyatida Davlat chegara xizmati harbiylari besh kishini hibsga oldi. Ular tilla taqinchoqlar o‘g‘irlashda gumon qilingan.
Davlat chegara xizmatining ma’lum qilishicha, ular Jalolobod MUMida o‘g‘rilik qilgan va O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi “Madaniyat – avtodorojnыy” nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatni tark etayotganda qo‘lga olingan.
“Tekshiruv davomida ularning yonidan avval o‘g‘irlangan tilla buyumlar topildi” deyiladi xabarda.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, qo‘lga olingan shaxslar Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining Jalolobod viloyati bo‘yicha xodimlariga topshirilgan.
LiveBarchasi