“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida yana yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
30 iyun 2022
5527Kecha, 29 iyun kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan “Zarafshon” milliy tabiat bog‘iga qarashli o‘rmonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha soat 13:15 da Jomboy tumani FVBga “Zarafshon” MFYda joylashgan “Zarafshon” milliy tabiat bog‘iga qarashli o‘rmonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng, soat 13:27 da hodisa joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borgan. Soat 14:40 da yong‘in qurshab olingan va soat 17:00 da bartaraf etilgan.
Yong‘inni o‘chirishga FVBning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
Ma’lumot uchun, 2020 yil 26 iyul kuni ham mazkur bog‘da yong‘in sodir bo‘lgan. O‘shanda olov bog‘ning 2 ming kvadrat maydonini qamrab olgan. 2021 yil 3 iyuldagi yong‘in sabab bog‘ning 1,5 gektar maydonidagi o‘simlik dunyosi nobud bo‘lgan. 2022 yil 21 fevral kuni ham bog‘da yong‘in sodir bo‘lgan va oqibatda 25 sotix maydonda daraxt va butalar yonib ketgan.
LiveBarchasi