“Zapravka”dagi janjalda vafot etgani aytilgan yigit videomurojaat bilan chiqdi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi metan gaz quyish shoxobchasida haydovchilar navbat talashib, katta janjal sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Qayd etilishicha, holat 26 fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan metan "zapravka"da yuz bergan. Ayni paytda mushtlashuv oqibatida vafot etgan fuqarolar yo‘qligi ham ma’lum qilingandi. Biroq ayrim ijtimoiy tarmoqlarda ushbu janjalda boshiga tepki yegan yigit vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Viloyat IIBB mazkur xabar yolg‘on ekanini ta’kidlab, video e’lon qildi. Videomurojaatda jabrlangan fuqaro hozirda ahvoli yaxshi ekanini aytib, asoslanmagan xabarlar tarqatmaslikni so‘ragan. 

“Zapravka”dagi holatda ko‘rsatilgan videodagi bola menman. Meni o‘ldi, deb tarqatib yuborishibdi. Lekin hamma joyim sog‘. Hammasi yaxshi. Unaqa video tarqatmasligingizni iltimos qilaman”, degan yigit.


Maqola muallifi

Teglar

janjal metan videomurojaat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing