Zaporojega aviabomba tashlanishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
10 iyul 2023
6078Rossiya Ukrainaning Zaporoje viloyati Orexovo shahriga bergan zarbasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Yuriy Malashko xabar berdi.
Malashkoga ko‘ra, Zaporoje viloyati hukumati gumanitar yordamni tarqatish vaqtida Orexovoga havo bombasi tashlangan.
Oqibatda yoshi 40 dan oshgan uch ayol va bir nafar erkak voqea joyida halok bo‘lgan. Ukraina Bosh prokuraturasi 13 nafar kishi yarador bo‘lganini ma’lum qilgan. Ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, Malashko Rossiya qo‘shinlari Zaporoje viloyatining 10 tinch aholi punktlariga 36 ta maqsadli zarba berganligini aytgan. Hozirgacha 10 ta fuqarolik ob’ekti vayron qilingani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 8 iyul kuni Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukrainaning Liman shahri o‘qqa tutilgandi. Oqibatda 9 kishi halok bo‘lgandi. Bundan tashqari, Ukraina g‘arbidagi Lvov shahriga Rossiya raketa zarbasi uyushtirishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi