Zangiotada o‘gay ona 13 yoshli qizga zo‘ravonlik qilgani aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Zangiota tumanida 13 yoshli qizga o‘gay onasi tomonidan muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilingani aniqlandi.  Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Bolalar ombudsmaniga jamoatchilik faollaridan Zangiota tumanidagi 13 yoshli S.R. (qiz)ga nisbatan uning o‘gay onasi tomonidan muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilinayotgani yuzasidan murojaat va  videomaterial kelib tushgan.

Holat ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilganda, videoda 2010 yilda tug‘ilgan S.R. ga o‘gay onasi S.Sh. tomonidan zo‘ravonlik qilingani ma’lum bo‘lgan. Qizning otasi ham turmush o‘rtog‘iga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Dastlab voyaga yetmagan S.R. sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilib, tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Qizcha bilan yakka tartibda psixolog suhbati o‘tkazildi va hozirda bolaga ruhiy zo‘ravonlik yetkazilganligini va uning darajasini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan.

Qaramog‘ida bo‘lgan bolaga zo‘ravonlik qilganligi aytilayotgan S.Sh ning ruhiy holatiga ham huquqiy baho berish uchun ekspertiza tayinlangan.

"Mazkur fakt bo‘yicha olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv Zangiota tumani prokuraturasi nazoratida", deyiladi Bolalar ombudsmanining xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent zo'ravonlik Bolalar ombudsmani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing