Zangiotada sobiq prokuratura xodimi jarrohlik amaliyotdan tirik chiqmadi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Zangiota tumanida  joylashgan “Lor Med servis” xususiy klinikasida noto‘g‘ri jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganligi sababli prokuratura xodimi vafot etganligi haqida xabar tarqaldi. Bu xabarlarga Bosh prokuratura munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 30 iyul kuni soat 14:55 larda fuqaro Suxrob Turdiyev (1991 y.t.) Zangiota tumanida joylashgan xususiy klinikada burun deformatsiyasi tashxisi bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti davomida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

Marhum Suxrob Turdiyev haqiqatda 2018 yil noyabr oyiga qadar prokuratura organlari tizimida ishlab kelib, Toshkent viloyati prokurorining buyrug‘iga asosan prokuratura organlaridan bo‘shatilgan.

Shifokor hibsga olinganligi haqidagi ma’lumot ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

jarrohlik amaliyoti

Baholaganlar

748

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing