Zangiota shifoxonasida Milliy gvardiya va fuqaro o‘rtasida janjal yuz berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mana, Zangiota kovid-markazidagi ahvol” nomli videotasvir tarqalgandi. Milliy gvardiya mas’ullari videotasvirdagi holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazib, vaziyat bo‘yicha axborot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 avgust kuni soat 23:00 larda fuqaro E.Z. onasi L.E.ni Zangiota tumani ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga (Zangiota-2) yotqizish uchun olib kelgan.

Ushbu shifoxona nazorat o‘tish joyida xizmat olib borayotgan Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan navbatchi shifokorga xabar berilgan.

Navbatchi shifokor chiqquniga qadar fuqaro Z.E. shifoxona xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat vazifasini bajarayotgan Qo‘riqlash bo‘linmasi xodimlariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatib, ularni sha’ni va qadr-qimmatini kamsitgan holda xizmat vazifasini bajarishlariga to‘sqinlik qilgan.

Shuningdek, atrofdagilar e’tiborini o‘ziga jalb qilib janjal keltirib chiqarishga harakat qilgan va shifoxonaning taqiqlangan hududiga kirmoqchi bo‘lgan.

Keyinchalik shifoxonada bo‘sh joy yuzaga kelishi bilan boshqa bemorlar qatori Z.E.ning onasi ham navbat bilan ushbu shifoxonaga yotqizilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur muassasaga kelgan barcha bemorlar shifoxonadagi mavjud bo‘sh joylardan kelib chiqqan holda qabul qilinishi va joylashtirilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda kasallarni qabul qilishda sub’ektiv omillarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Fuqaro Z.E.ning xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgani sababli, hozirda Toshkent viloyati Zangiota tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sud idoralariga taqdim etiladi.

Huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot xodimlari tomonidan qonunga zid xatti-harakatlar sodir etilsa, ularga nisbatan ham o‘rnatilgan tartibda qonuniy choralar ko‘rilishini ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya

Baholaganlar

300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing