Zamonaviy dunyoda unga o‘rin yo‘q – Guterrish dunyo davlatlarini terrorizmga qarshi kurashga chaqirdi
Olam
−
19 Oktabr 2022 4289 2 daqiqa
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish dunyoning barcha davlatlarini terrorizmga qarshi kurashishga va bu kurashni ustuvor vazifaga aylantirishga chaqirdi. Bu haqda bugun, 19 oktyabr kuni Bosh kotib Hindistonning Mumbay shahrida nutq so‘zladi.
“Terrorizmga qarshi kurash Yer yuzidagi har bir davlat uchun global ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerak. Terrorizmga qarshi kurash Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy ustuvor yo‘nalishidir”, degan Guterrish.
Hindistonda safarda bo‘lgan BMT Bosh kotibi 2008 yil 26 noyabr kuni Mumbayda sodir etilgan terakt qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi. O‘shanda Pokistondan motorli qayiqlarda kelgan jangarilar shaharda qator hujumlar uyushtirdi, 166 kishi, jumladan, chet el fuqarolari hujum qurboni bo‘ldi.
Guterrish terrorizm mutlaq yovuzlik ekanligini va hech qanday bahona yoki norozilik terrorizmni oqlay olmasligini ta’kidladi.
“Zamonaviy dunyoda unga o‘rin yo‘q. Tarixdagi eng vahshiy terrorchilik aktlaridan biri sodir bo‘lgan, oqibatda 166 kishi halok bo‘lgan bu yerda ekanligim meni qattiq hayratda qoldirdi”, deya qo‘shimcha qildi Bosh kotib.
Shuningdek, u halok bo‘lganlarning oila a’zolari va Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.
2022 yil 20 oktyabr kuni Gujarat shtatida BMT Bosh kotibi Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan birgalikda LiFE (Lifestyle for Environment) missiyasining bukleti, logotipi va shiorini taqdim etadi, harakatning maqsadi: Yerga zarar keltirmaydigan turmush tarzini olib boring. Life missiyasi Hindistonning BMT va boshqa xalqaro platformalarda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakatlarini namoyish etish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni tezlashtirish bo‘yicha tashabbusi bo‘ladi.
Bundan tashqari, BMT Bosh kotibining Hindistonga tashrifi dasturidan Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan uchrashuv o‘rin olgan bo‘lib, unda tomonlar bir qator masalalarni, jumladan, Hindiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha qadamlarni muhokama qiladi.
Live
Barchasi