“Zamin” fondi dasturi doirasida 23 nafar bolaning eshitish qobiliyati tiklandi
Jamiyat
−
18 dekabr 2020
3487Koxlear implantatsiya dasturi doirasida Pediatriya markazi bilan birgalikda eshitish qobiliyati zaif va kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning 200 nafar o‘quvchilariga kompleks tashxis ko‘rigi o‘tkazildi. Bu haqda “Zamin” fondi Matbuot xizmati xabar berdi.
Kompleks tashxis ko‘rigining natijalari asosida jami 36 ta jarrohlik amaliyotini o‘tkazish rejalashtirilgan edi – 33 tasi koxlear implantlarni, 3 tasi esa suyak o‘tkazuvchanligini ta’minlab beruvchi implantlarni o‘rnatish bo‘yicha. 2020 yilning noyabr oydan sentyabr oyigacha 23 nafar bolalar uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi va ularning eshitish qobiliyati tiklandi.
19-20 dekabr kunlari qolgan 13 ta jarrohlik amaliyoti yetakchi otojarroh, tibbiyot fanlari doktori, professor Vladislav Yevgenevich Kuzovkov boshchiligida amalga oshiriladi. Dastur, shuningdek, implantlarning keyingi bosqich sozlanishi hamda bolalarning logopedlar va surdopedagoglar bilan shug‘ullanishini nazarda tutuvchi dastlabki reabilitatsiya bosqichini ham o‘z ichiga oladi.
2020 yilning 18 dekabr kuni O‘zbekiston Birinchi xonimi – “Zamin” fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva dasturda ishtirok etayotgan 36 nafar bolalar, ularning ota-onalari va shifokorlar bilan uchrashdi. Ishtirokchilar jarrohlik amaliyotining natijalari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Fondning dasturiga ko‘ra, kelgusi yilda ham ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari uchun 30 dan ortiq koxlear implantatsiya bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi