Zaxarova Yaponiyani Markaziy Osiyo va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarga putur yetkazishda aybladi
Olam
−
09 avgust
6549Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisidani Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga putur yetkazishga urinishda aybladi. Bu haqda mamlakat TIV saytida e’lon qilingan Zaxarovaning bayonotida so‘z boradi.
“Bu bir necha bor ta’kidlanganidek, Yaponiyaning Markaziy Osiyoga kirib borishga urinishlari ortida biz hech qanday iqtisodiy manfaat ko‘rmayapmiz. Bu mintaqa mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi o‘nlab yillar davomida shakllangan iqtisodiy aloqalar tizimiga putur etkazish istagi, Vashingtondagi demokratik ma’muriyatning munosabati, ularni Rossiyaga va Xitoyga qarshi ohanglarga ega bo‘lgan G‘arbning “qoidalarga asoslangan tartib” mafkurasiga “tortish” bilan bog‘liq”, deydi Zaxarova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shnilarining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish niyatini doimo hurmat qiladi.
“Rasmiy Tokio o‘zining “rivojlanishga yordam” loyihalarini taklif qilish orqali, birinchi navbatda, o‘z korporatsiyalari uchun imtiyozlar va ularning rivojlanayotgan bozorlarga to‘siqsiz kirishidan manfaatdor bo‘lib, shu orqali oluvchilarni tashqi kapital va texnologiyalarga qaram qiladi”, deydi TIV vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Kisida 9-12 avgust kunlari O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgandi. Biroq Fumio Kisida Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safarini to‘xtatishga qaror qildi. Tashrifni bekor qilishiga Yaponiya orollari hududida kuchli zilzila xavfi sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi