Endi “ZAGS” uchun doimiy yashash joyiga borish shart emas

Jamiyat

image

Davlat xizmatlari agentliklarida jismoniy shaxslarga fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari (FHDYO) haqidagi (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa) ma’lumotnomalarni berish yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent shahriga boshqa hududlardan kelib yashayotgan shaxslar yuqoridagi ma’lumotlarni olish uchun doimiy ro‘yxatda turgan hududlariga bormasdan Toshkent shahridagi istalgan Davlat xizmatlari markazlari orqali olishi mumkin. Bu boshqa hududlarga ham tegishli.

Davlat xizmatlari agentligi xizmatlaridan foydalanish uchun markaz xodimi murojaatchi nomidan so‘rovnoma to‘ldiradi va so‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

• pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;

• ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda – ishonchnoma nusxasi;
   
• ariza beruvchining marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlari;
   
• ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda — vasiyatnoma;
   
• marhumning o‘limi haqida guvohnoma nusxalari, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa – uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.

Ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar nusxalari Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ularning asl nusxalaridan olinadi.
Qarorga ko‘ra, xizmat ko‘rsatganlik uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

FHDYo davlat xizmatlari agentligi doimiy yashash joyiga

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing