ZAESning jismoniy yaxlitligiga putur yetgan – MAGATE
Olam
−
03 Sentabr 2022
9760Zaporoje AESdagi tizimlarning aksariyati ishlaydigan ahvolda va vazifasini bajarmoqda, biroq ayrim zavod binolarining jismoniy yaxlitligi buzilgan. Bu haqda BMTning Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentligi (MAGATE) rahbari Rafael Grossi brifing chog‘ida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, MAGATE inspektorlarining asosiy xavotiri harbiy harakatlar natijasida atom elektr stansiyalarining jismoniy yaxlitligi putur yetishi bilan bog‘liq.
“Mutaxassislar teshiklarni ko‘rdi, ob’ektning yaxlitligi bir necha bor buzilgan. Ularning aksariyati ishlayapti va ish holatida, lekin kabellarning uzilishi va alohida birliklarning shikastlanishi kabi talafotlar mavjud”, deyiladi xabarda.
Grossining ta’kidlashicha, ZAES xodimlari va rus bosqinchilari o‘rtasida “birgalikda ishlash usuli” topilgan, bu esa yetarli darajada xavfsizlikni ta’minlaydi. Biroq, stansiyaning bunday ishlashi normal emas.
MAGATE rahbari, shuningdek, stansiyani elektr tarmog‘idan uzish vaqtida dizel generatorlari ishlayotganini, bu esa tizim uchun minimal xavfsizlik darajasini ta’minlaganini ta’kidladi. Hozir Zaporoje AESda ikkita energoblok ishlamoqda.
Rossiya ishg‘oli, shuningdek, ta’minot zanjirlarining uzilishiga olib keldi, bu esa stansiyaga xizmat ko‘rsatishni yomonlashtirdi, ammo ishchilar muammoni hali ham on-layn hal qilishda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya mart oyi boshida ZAESni egallab oldi, shundan keyin ukrainalik xodimlar stansiyada ishlashda davom etdi. 5 avgust kuni ukrain matbuoti ruslar ZAESga to‘rt marta o‘q uzgani haqida xabar berdi. So‘nggi kunlarda elektr stansiyasi muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda, bunda Rossiya va Ukraina bir-birini ayblamoqda. Rasmiy Moskvaga ko‘ra, Ukraina bo‘linmalari tomonidan Zaporoje atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishi yadroviy terrorizm akti va bu Chernobildan ham kattaroq falokatga olib kelishi mumkin.
Zaporoje Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bo‘lib, u Ukrainadagi barcha elektr energiyasining chorak qismini ishlab chiqaradi. Qariyb 6 ming megavatt quvvatga ega ushbu inshoot oltita energiya blokidan iborat. Hozirda atom elektr stansiyasi to‘liq quvvatining 70 foizida ishlaydi.
LiveBarchasi