“Za dengi da” qo‘shig‘iga o‘ynagan direktor va o‘rinbosarlarga ogohlantirish berildi
3-sahifa
−
14 mart 2023
29349Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan maktablardan birida direktor va uning o‘rinbosarlarining "Za dengi da" qo‘shig‘iga qalbaki dollar sochib o‘ynagan videosi tarqaldi. Ularga nisbatan ogohlantirish berildi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yuqoridagi holat yuzasidan Yakkasaroy tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan hududddagi 91-maktab direktori va uning o‘rinbosarlari bilan suhbat uyushtirilgan.
Aniqlanishicha, mazkur holat 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan hazilomuz tariqasida olingan va maktab o‘qituvchilari tomonidan bayram munosabati bilan ustozlarga namoyish qilingan.
Maktab direktori va o‘rinbosarlariga holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, bu kabi holatlar boshqa qaytarilmasligi bo‘yicha jiddiy ogohlantirish berib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, avval ham ishbu trenddagi qo‘shiqqa Chilonzor tumanidagi maktabda 4 nafar qiz video tayyorlab chiqqandi. Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi qizlarning harakatlarini o‘z yoshiga mos kelmagan va odob-axloq qoidalariga zid ekanini bildirib, ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazgan.
Biroq ko‘pgina ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qizlarning xatti-harakatlari hech qanday odobsizlik emasligini, buning uchun ularning ota-onalari uzr so‘raganini tanqid qilgandi.
LiveBarchasi