“Yuventus” yevrokuboklarsiz qoldi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Italiyaning “Yuventus” klubini moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun 2023/24 yilgi mavsumda Yevropa musobaqalarida ishtirok etishdan chetlatdi. Bu haqda “Corriere Dello Sport” xabar berdi.

Yangi mavsumda Turin klubi Konferensiyalar ligasida o‘ynashi kerak edi. Bundan tashqari, “Yuventus”ga 20 million yevro miqdorida badal to‘lashi, shundan 10 million yevrosi shartli badal puli ekanligi belgilangandi. Agar klubning 2023, 2024 va 2025 moliyaviy yillar uchun yillik moliyaviy hisobotlari buxgalteriya hisobi talablariga javob bermasa, shartli summa to‘lanadi.

Qayd etilishicha, “Yuventus” 2024/2025 yilgi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasidagi ishtirokini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun bir yilga yevrokuboklardan chetlatiladi va bu masalada UEFA'ga shikoyat qilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus UEFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing