“Yuventus” - “Inter” o‘yini 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi

Sport

image

Italiya A seriyasi navbatdagi turidan o‘rin o‘rin olgan “Yuventus” - “Inter” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv koronavirus sabab 13 may ko‘chirilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs joriy yilning 9 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.  Bu haqda Football Italia nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, A seriya va Italiya futbol federatsiyasi o‘rtasida tegishli shartnoma tuzilgan. 26-turning qoldirilgan barcha uchrashuvlari shu yilning 7-9 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Shuningdek, “Yuventus” stadioniga kirish qoidalarini qattiq nazoratga oldi. Italiya kubogi 1/2 final bosqichi javob uchrashuvidan o‘rin olgan “Yuventus” - “Milan” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilish uchun, muxlislar yashash joyidan berilgan guvohnoma orqali stadionga kiritiladi.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yuventus Inter Italiya

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing