“Yuventus” eronlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

“Yuventus” Rossiyaning “Zenit” klubi hujumchisi, 27 yoshli eronlik futbolchi Sardor Azmunni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist-insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Keksa Sinora” Federiko Kezaning tizzasidagi xochsimon suyaklari shikastlanishi natijasida bir necha oyga safdan chiqqani uchun turinliklar vakillari zudlik bilan nomzodlar izlashni boshlagan. Uning o‘rnini to‘ldirish uchun Azmun asosiy variant bo‘lib turibdi.

27 yoshli forvardga “Yuventus” ustozi Massimiliano Allegrining shaxsan o‘zi qiziqishsh bildirayotgani asosiy omil sifatida keltirilmoqda. Eronlik futbolchining Rossiya klubi bilan shartnomasi yozda tugashi inobatga olinsa, uni yanvarda jamoaga olib kelish qimmatga tushmaydi 

Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2019 yilning yanvaridan beri “Zenit”da faoliyat yuritmoqda. Azmun joriy mavsum barcha turnirlarda 21 ta uchrashuv utkazgan va 10 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali uning transfer narxini 25 million yevroga baholamoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Yuventus Zenit K'eza Azmun

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing