“Yuventus”dan yana ochko olib tashlandi. Klub YeCHLsiz qolishi mumkin
Sport
−
23 may 2023
3604Moliyaviy firibgarlik uchun “Yuventus”dan 10 ochko olib tashlandi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Italiya futbol federatsiyasining apellyatsiya sudi klubni moliyaviy firibgarlik uchun jazolash to‘g‘risida qaror chiqardi.
69 ochkoga ega bo‘lgan “keksa senora” A Seriyada 2-o‘rinda ketayotgan edi. Qaror kuchga kirgandan so‘ng turinliklar 7-o‘ringa tushib ketdi. Endi klubni Yevropa Chempionlar ligasi zonasidan 5 ochko ajratib turibdi. Jamoaning hali 3 ta o‘yini bor.
Yanvar oyida turinliklar 15 ochkodan mahrum bo‘lgandi, ammo apellyatsiya natijasida ularning ochkolari qaytarildi. Yangi dalillar kelib tushganligi sababli ish qayta ochildi.
Ma’lum bo‘lishicha, prokuror Juzeppe Chine “Yuventus”dan 11 ochko olib tashlashni talab qilgan.