“Yuventus” bosh murabbiyi jinoyatda ayblanmoqda

Sport

image

Yaqinda Italiyaning “Yuventus” klubiga qaytadan bosh murabbiy etib tayinlangan Massimiliano Allegri noqonuniy pul o‘tkazmalarini amalga oshirish hamda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishda ayblanmoqda. Bu haqda Italiyaning mashhur “Calciomercato” nashrining xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, murabbiy 2018 yil avgustidan 2021 yilning apreligacha Maltaning “Oia Limited” kompaniyasidan, shuningdek, Sloveniyaning “Hit D.D” firmasidan yirik miqdordagi pul o‘tkazmalarini qabul qilib olgan. Umumiy hisobda bu o‘tkazmalar 329 ming yevroni tashkil etib, uning maoshi buncha o‘tkazmani amalga oshirishga yetmasligi aytilgan. Bundan tashqari Monakodagi yana bir bankdan 80 million yevro olingan.

Shuningdek, ushbu muddat davomida murabbiy yuqorida qayd etilgan Monako hamda Sloveniya kompaniyalariga tegishli kazinolarda 356 ming yevroga yaqin pul sarflagani qayd etilgan, biroq tranzaksiyalarning aynan qimor yoki pul tikish bilan bog‘liq bo‘lganligi ma’lum emas.

Allegriga xizmat ko‘rsatuvchi bank ushbu o‘tkazmalardan shubhalanishni boshlagach, tegishli doiralarga ko‘rsatma bergan. Ayni damda Allegrining ustidan jinoyat ishi ochilib, tergov ishlari davom etmoqda. Agar murabbiyning kelishilgan o‘yinlarda qatnashganligi oydinlashsa, u 1 mavsumga futboldan chetlashtirilishi mumkin.

Allegrining o‘zi esa aybsizligini ta’kidlamoqda.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jinoyat Yuventus

Baholaganlar

245

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing