“Yutqazsang, sen bilan jang qilishning menga qizig‘i qolmaydi”. Ergashev G‘iyosovga omad tiladi
Sport
−
16 iyun 2023 15206 1 daqiqa
18 iyun kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov yarimo‘rta vazn toifasida amerikalik Xarold Kalderonga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang g‘olibi WBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylanadi. O‘zbekistonlik yana bir professional bokschi Shohjahon Ergashev bo‘lajak jangda G‘iyosovga omad tiladi.
“Omad senga. Jangni yutgin, yutqazsang, sen bilan jang qilishning menga qizig‘i qolmaydi. Omad. Baribir urishamiz, deb aytding-ku! Shuni kutib yuribman!”, deydi Ergashev.
Ta’kidlash joiz, ancha vaqtdan buyon OAVda Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov o‘zaro jang qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqab kelmoqda. G‘iyosov QALAMPIR.UZ'ga qachondir Ergashev bilan jang qilishi mumkinligini ma’lum qilgandi, Ergashev esa istalgan vaqt G‘iyosovga qarshi ringga chiqishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni Ergashev IBF kamari uchun puerto-rikolik Sabriyel Matiasga qarshi jang qilishi xabar qilingandi. Hozirda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi IBF reytingida super yengil vazn toifasi bo‘yicha 3-pog‘onada bormoqda.
Live
Barchasi