Yusupov JCH saralashining ramziy jamoasiga kirdi
Sport
−
20 noyabr
5375O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov Jahon chempionati saralashining 3-bosqich 6-tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi. Bu haqda “Sofascore” xabar berdi.
Ramziy jamoaga Yaponiyadan 3 nafar, Indoneziya va BAAdan 2 nafar, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni va O‘zbekistondan 1 nafardan futbolchi kiritildi.
E’tiborlisi, jamoadan O‘zbekiston chempionatida to‘p tepuvchi Qirg‘izison fuqarosi Joel Kojo va bir paytlar O‘zbekiston fuqaroligini olgan BAA vakili Fabio de Lima ham joy egalladi. Qatarga qarshi o‘yinda Lima poker qayd etdi va uning o‘yini 10 ballga loyiq ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘tkir Yusupov KXDRga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.
Yusupovga ko‘ra, o‘yindan oldin futbolchilar taktika-paktikani yig‘ishtirib, hamma borini berib o‘ynashi borasida kelishib olgan.