“Toshkent-Moskva” poyezdi tuya sabab 44 daqiqa kechikdi

Olam

Rossiyaning Astraxan viloyatida “Toshkent-Moskva” yo‘lovchi poyezdi temir yo‘l izlariga chiqib olgan tuya sababli 44 daqiqaga ushlanib qoldi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligiga Volgabo‘yi temir yo‘l matbuot xizmatida ma’lum qilindi.

Tuya dastlab 22 km/soat tezlik bilan yugurgan, keyin esa tezligi 13 km/soatgacha tushib ketgan. Poyezddagilar tuya umuman temir yo‘lga yotib olishidan xavotir bildirgan.

Ta’kidlanishicha, voqea Volgabo‘yi temir yo‘lida 5 yanvarda yuz bergan.

Xabarda ta’kidlanishicha, poyezd mashinisti “beparvo” tuya sababli harakatini sekinlashtirishga majbur bo‘lgan. Natijada poyezd keyingi stansiyaga 44 daqiqalik kechikish bilan kelgan. Ushbu hodisa poyezdlar qatnovi jadvaliga ta’sir qilmagan.

Temir yo‘l ma’muriyatida ta’kidlanishicha, hayvonlar temir yo‘l izlariga chiqishi holatlari bo‘yicha barcha materiallar huquq-tartibot idoralariga topshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Toshkent-Moskva

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing