Yunusobod tumanida issiqlik ta’minoti uzildi

Jamiyat

image

Bugun, 23 yanvar kuni Toshken shahar Yunusobod tumani Uch qahramon va  Yunus ota ko‘chalaridan o‘tgan issiqlik quvurlarida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Natijada Yunusobod tumanining 9 ta mavzesi issiq suv va issiqlik energiyasidan uzilib qoldi.

“Yunusobod-7, 8, 9, 10, 12, 15, 16, 18, 19 mavzelarida istiqomat qiluvchi iste’molchilar vaqtinchalik issiq suv va issiqlik energiyasidan uzildi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Qayd etilishicha, hozirda nosozlikni tezkor ravishda bartaraf etish ishlariga zarur mahsus texnika va mutaxassislar jalb qilingan. Umid qilamizki, issiqlik ta’minoti mazkur hududlarda tez orada tiklanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod tumani issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

74

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing