Yunusoboddagi 23-bolalar uyi tarbiyalanuvchisining kaltaklanishi yuzasidan jinoiy ish ochilgan
Jamiyat
−
02 may 2019 6601 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 23-bolalar uyining 15 yoshli tarbiyalanuvchisi R.S. kaltaklangani haqida xabarlar tarqalgandi.
Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.
Qayd etilishicha, bolalar uyidagi holat bo‘yicha joriy yilning 30 mart kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 110 moddasi (qiynash) 2-qismi “a” bandi bilan jinoiy ish ochilgan. Ish keyingi tergov harakatlari olib borilishi uchun 7 aprel kuni Yunusobod tuman IIBga yuborilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilyapti. Sud-ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bolada haqiqatda tan jarohatlari aniqlangan. Tarbiyalanuvchiga tan jarohati yetkazishda bolalar uyi tarbiyachilaridan biri gumon qilinyapti.
O‘smir bola hozirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmagan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida professional psixologlar hamda tarbiyachilar kuzatuvi ostida.