Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Qorako‘lda yana bitta ixtisoslashtirilgan maktab ochildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Qorako‘l tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida sma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq, mazkur maktab-internatga o‘quvchilar 5-sinfdan 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab qabul qilinadi.

Maktab-internatning asosiy vazifasi olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash hisoblanadi.

Maktab-internat Qorako‘l tumanidagi Buxoro viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasining bo‘sh bino va inshootlariga joylashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi sport maktabi

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing