Yunusobodda IIBga olib borilgan fuqaro do‘pposlangach, o‘lgani aytilmoqda. IIBB holatga izoh berdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda 41 yoshli Aleksandr Bocharov Yunusobod tumani IIO FMB 3-sonli IIBga joriy yilning 1 aprel kuni keltirilganidan so‘ng olgan tan jarohatlari tufayli vafot etganligi haqida xabar tarqalmoqda. Holatga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, haqiqatdan, 1 aprel kuni soat 21:00 larda muqaddam to‘rt marotaba sudlangan Aleksandr Bocharov va yana ikki nafar fuqaro: muqaddam sudlangan 1979 yilda tug‘ilgan L.Dmitriy va 1970 yilda tug‘ilgan L.Anatoliyl bilan so‘rov olib borish uchun Yunusobod tumani 3-sonli IIBga keltirilgan. 

O‘rtacha hisobda 45 daqiqa davom etgan so‘rovdan so‘ng uchchala shaxs qo‘yib yuborilgan, shu jumladan Bocharov Aleksandr ham.

Joriy yilning 2 aprel kuni ertalab soat 4:00-4:30 larda 30-uyning oldida Bocharov Aleksandrning murdasi topilgan. O‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Respublika ilmiy-amaliy sud-tibbiyot markazi hududiy filiali tomonidan berilgan birlamchi ma’lumotga ko‘ra, marhumning bir nechta kasalliklari bo‘lgan, xususan, yurak ishemik kasalligi, gematogen sil, poliorgan yetishmovchiligi, ikki tomonolama o‘pka plevriti, bosh miya va o‘pka ishishi, surunkali gepatit, giyohvandlik, alkogoldan zaharlanish.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. 

“Mas’ul tashkilotlarning rasmiy izohini olmasdan turib, oldindan xulosa chiqarmasligingizni so‘raymiz”, deyiladi IIBB xabarida.

Avvalroq, Farg‘ona viloyati Quva tumani ichki ishlar bo‘limiga suhbat uchun olib kirib ketilgan 20 yoshli yigitning vafot etgani haqidagi xabar berilgandi. Hodisa yuzasidan Ichki ishlar vazirligi va Farg‘ona viloyati IIB o‘z munosabatini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

555

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing