Yunusobodda gazdan noqonuniy foydalanib kelgan fuqaro aniqlandi
3-sahifa
−
11 may 2022
5280Toshkent shahrining Yunusobod va Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanlarida elektr energiya va gaz ta’minotidan noqonuniy foydalanib kelgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, Yunusobodda fuqaro M.B. “Hamkorobod” MFY hududida qurilgan issiqxonasida o‘zboshimchalik bilan 80 metrli rezina shlang orqali tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olgan. Buning oqibatida u 118,4 million so‘m zarar yetkazgan. Shuningdek, M.B. “Yunusobod tumangaz” GTM bo‘limi chilangari O.X. bilan o‘zaro kelishib, go‘yoki 15 kun oldin tekshirish o‘tkazilgani yuzasidan qalbaki dalolatnoma rasmiylashtirgan.
Dang‘arada esa “M.” MCHJ mansabdor shaxslari ekin yerlarini sug‘orish uchun hududdagi transformatorga 55 kVt quvvatli suv nasosini o‘zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan. Ular tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga 102,9 mln so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi