Yunusobodda bir odam 4 kishini pichoqladi. Qurbonlar bor – Bosh prokuratura
3-sahifa
−
21 Sentabr 2020 13371 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida qotillik sodir etilganligi yuzasidan xabar tarqalgandi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, kecha, 20 sentyabr kuni soat 06:00 larda Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan tungi klubdan chiqqan shaxslar ko‘chada turgan boshqa bir guruh shaxslar bilan o‘zaro janjallashgan.
Janjal vaqtida, fuqaro S.X. yonida bo‘lgan pichoq bilan 4 nafar shaxsga bir necha martotaba tan-jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.
Oqibatda, 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarini hayoti saqlab qolingan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
S.X. protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi