Yunusobodda aholining gaz iste’moliga o‘rnatilgan meyor bekor qilindi

Jamiyat

image

Endilikda Yunusobod tumanidagi aholi uchun tabiiy gaz iste’molining bazaviy meyori bekor qilindi. Ushbu qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan aholining aksar qismi karantin sababli, o‘z vaqtini uyda o‘tkazayotganligini hisobga olgan holda qabul qilindi. Bu haqda "Hududgazta’minot" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yangi tizim boshlangan bo‘lib, tuman aholisi uchun tabiiy gaz iste’molining bazaviy me’yori, isitish mavsumida yakka tartibda isitiluvchi turar-joy binosi yoki kvartirada yashovchi bir abonentga oyiga 1000 kub metr, qolgan vaqtda esa bir abonent uchun oyiga - 250 kub metr miqdorida etib belgilangan edi. 

Mazkur bazaviy me’yordan ortiq miqdorda tabiiy gaz iste’mol qilingan holda, hisoblash mavjud tarifga 1,2 oshirilgan koeffitsiyent orqali amalga oshirilardi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 iyundagi "Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq, "Hududgazta’minot" AJning mamlakatimiz gaz ta’minoti tizimidagi faoliyati sezilarli darajada kengaytirildi. 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

gaz Yunusobod

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing