Yunusobodda aholi “svet”siz qoldi. Tizimda avariya yuz berdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 may kuni Yunusobod tumanining “MEGA PLANET” ko‘ngilochar savdo majmuasi hududidagi 3, 12, 13, 14, 15, 16, 17-mavzelar, 18-19-mavzelarda qisman hamda “Bobodehqon”, “Kulol”, “Oqtepa” mahallalaridagi aholi yashash xonadonlarida, shuningdek, tumandagi kichik sanoat zonasida elektr energiyasi ta’minotida uzilish kuzatildi. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” AJ ushbu vaziyat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.

Bugun, 29 may kuni soat 08:21 da Yunusobod tumanida pudratchi tashkilot tomonidan Yunusobod tuman elektr ta’minoti korxonasi bilan kelishmagan holda yer qazish ishlarini olib borgan. Natijada hududdagi 110/35/10 kv kuchlanishli PS “Yunusobod” dan chiquvchi yuqori kuchlanishli 10 kVli yer ostidan o‘tgan kabel tarmoqlari shikastlanib, avariya holati yuzaga kelgan. 

Buning oqibatda Yunusobod tumanidagi 3, 12, 13, 14, 15, 16, 17-mavzelar, 18-19-mavzelarda qisman hamda “Bobodehqon”, “Kulol”, “Oqtepa” mahallalaridagi aholi yashash xonadonlarida, shuningdek, tumandagi kichik sanoat zonasida elektr energiyasi ta’minotida uzilish sodir bo‘lgan.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tizimidagi Yunusobod tuman elektr ta’minoti korxonasining tezkor brigadalarining asosiy kuch va texnikalari yuzaga kelgan holatlarni zudlik bilan bartaraf etishga qaratildi.

Kun davomida elektr energiyasini tiklash ishlari bosqichma-boskich yakuniga yetkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod tumani elektr ta'minoti

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing