Yunusobod tumanida yangi mavze tashkil etilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Yunusobod tumani hokimining “Yunusobod tumani “Otchopar-2” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilayotgan mavzega “Manzara” nomini berish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihaga muvofiq, qaror qabul qilingach, “Otchopar-2” mahalla fuqarolar yig‘ini xududida yangi tashkil etilayotgan mavzega “Manzara” nomi aks etgan nomlagichlar o‘rnatiladi va tegishli hujjatlarga o‘zgartirish kiritiladi.

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari hamda Sanoat, transport, qurilish, aloqa va aholiga xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari hujjat ijrosini nazorat qiladi


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made