Yunusobod hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari E.Z. qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari E.Z. fuqaro R.M.dan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga egalik huquqini e’tirof etish bo‘yicha tuman hokimining qarorini chiqarib berish evaziga 5 000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 11 oktyabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan E.Z.ga nisbatan JK 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: E. Z. shu yilning boshida Yunusobod tuman hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

U uzoq yil "O‘zuyjoyjamg‘armabank" banki tizimida rahbar lavozimlarida ishlagan, "Makon Kapital Invest" mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi va moliya masalalari bo‘yicha maslahatchisi ham bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod korruptsiya pora

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made