Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi
3-sahifa
−
09 aprel
11332Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi 5 ming AQSH dollari pora olayotganda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berishni va’da qilgan. Evaziga u fuqarodan 5 ming AQSH dollarini so‘ragan ammo 8 aprel kuni soat 16:10 larda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘zi egallab turgan mansabni suiiste’mol qilgan holda, sudlangan shaxslarga nisbatan belgilangan jazo muddatini yengillashtirib berishni va’da qilgan advokatlar qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi