Yunusoboddagi suv toshqiniga qozonxonaning hech qanday aloqasi yo‘q – Energetika vazirligi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahrining Yunusobod tumani 6- va 7-mavzelarida suv toshgani xabar qilingandi. Ushbu hodisa yuzasidan Toshkent shahar “Suv ta’minoti” AJ matbuot xizmati tomonidan voqeaga hudud yaqinida joylashgan “Toshkent issiqlik markazi” MCHJga qarashli 4-sonli qozonxonada elektr ta’minoti uzilishi sabab bo‘lganligi keltirildi. Biroq Energetika vazirligi buni rad etdi.

Qayd etilishicha, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi “Toshkent issiqlik markazi” MCHJ Toshkent shahar “Suv ta’minoti” AJning mazkur bayonoti haqiqatga mos emasligini va 4-sonli qozonxonada 2-3 iyul kunlari elektr ta’minoti bilan bog‘liq hech qanday uzilish yuz bermaganini ma’lum qilgan.

“Suv toshqiniga qozonxona faoliyatining hech qanday aloqasi yo‘q. 4-sonli qozonxona 2024 yilning 2 iyulidan 3 iyuliga o‘tar kechasi barqaror va shtat rejimida faoliyat yuritgan”, deyiladi raddiyada.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda qozonxonaga suv ta’minotining yetarli darajada yetkazib berilmayotganligi sababli mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib ishlab chiqarish hajmi pasaytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi suv toshqini sabab ayrim hududlarda jamoat transporti vaqtincha cheklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

suv toshqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing