Yunon-rum kurashi: Rustam Assakalov ham chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatdi

Sport

image

Tokio Olimpiadasining yunon-rum kurashi bo‘yicha -97 kg vazn toifasi bellashuvlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Rustam Assakalov o‘z yurishini chorak finalda to‘xtatdi. Ikki karra JCH sovrindori hisoblangan kurashchiga ushbu bosqichda xorvatiyalik Ivan Xuklek raqiblik qildi.

“Makuhari Messe Hall” arenasida kechgan bahsda xorvatiyalik kurashchi 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Agar Xuklek finalga yetib borgan taqdirda Assakalov bronza medali uchun kurashish imkonini saqlab qoladi.

Rustam Assakalov ilk bosqichda gruziyalik Jahon chempioni Lasha Gobadzeni 6-5 hisobida mag‘lub etgan edi.

Eslatib o‘tamiz bunga qadar, o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari — Elmurod Tasmurodov, Muhsinjon Abdullayev va Jalgasboy Berdimurodov Olimpiadani medalsiz yakunlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Rustam Assakalov Yunon-rum kurashi

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing