Farg‘onada mahbusning o‘limiga sabab bo‘lgan hibsxona safdori qamoqqa olindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSH) safdori I.U. mahbus Abdurazzoq Qodirovning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilinib, 25 sentyabrda hibsga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ning huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasi xabar berdi.

Beshariq tumanida (Farg‘ona viloyati) Damas haydovchisi bo‘lgan 61 yashar Abdurazzoq Qodirov tergov hibsxonasida kaltaklangani ortidan uyida 19-sentyabr kuni o‘lgani haqida xabar tarqagan edi. U o‘limidan bir soat oldin Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIB tergov hibsxonasidan olib kelingan.

Bezorilikda ayblanib 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan Qodirovdan qoramol o‘g‘irligi jinoyatini bo‘yniga olishni talab qilib, kaltaklashgani aytilgan.

Qodirov tashqi va ichki tan jarohatlari bilan vafot etganligi yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davomida Qodirov 16 sentyabr kuni O‘zbekiston tumani IIB VSHda ma’muriy qamoq jazosini o‘tash davrida mazkur xibsxona safdor xodimi I.U. tomonidan xisbxona xududida unga tan jaroxati yetkazganligi aniklangan. 

25 sentyabr kuni gumon kilinuvchi I.U. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona hibsxona

Baholaganlar

204

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing