Farg‘onada baliqchi yarim mlrd so‘mlik elektrni o‘mardi
3-sahifa
−
14:56 747 1 daqiqa
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida fuqaro elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 547,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Yozyovon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.U. “Yangiboston” MFY hududidagi baliq boqishga mo‘ljallangan ko‘lida elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan. Oqibatda u 547,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Buxoro shahrida 2,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi