Marg‘ilonda 36 yoshli erkak 9,5 kg “marixuana” bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
17:02 624 1 daqiqa
Farg‘ona shahrida yashovchi 36 yoshli shaxsning qo‘shimcha xo‘jaligidan 9 kg 520 gramm “marixuana” topildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 27 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati IIB hamda Marg‘ilon shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Farg‘ona shahrining Xo‘jamag‘iz mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli qo‘shimcha xo‘jalik xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Tekshiruv vaqtida u yerda sof og‘irligi 9 kg 520 gramm bo‘lgan “marixuana” saqlanayotgani aniqlangan. Giyohvandlik moddasi belgilangan tartibda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Bildirilishicha mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 41 kilodan ortiq “opiy”ga o‘xshash modda aniqlanib, uni olib ketishga kelgan bir necha shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi